Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng xaridorgir sportchilari ro‘yxati tuzildi

Dunyoning eng xaridorgir sportchilari ro‘yxati tuzildi

Foto: «Tokkoro.com»

2020-yil yakunlariga ko‘ra jahondagi eng xaridorgir sportchilar ro‘yxati tuzib chiqildi. Bu haqda marketing tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi «Nielsen» kompaniyasi xabar berdi.

Har bir nomzod beshta mezon bo‘yicha baholangan: «obro‘», «yutuq», «muhim», «ta’sir» va «daromad».

Birinchi o‘ringa 115 ball bilan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu egalladi (113). Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA)ning «Los-Anjeles Leykers» klubi o‘yinchisi Lebron Jeyms kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi (110).

4-o‘rin: hindistonlik kriketchi Virat Koxli.

5-o‘rin: kanadalik tennischi Byanka Vanessa Andreyesku.

6-o‘rin: braziliyalik futbolchi Neymar.

7-o‘rin: rossiyalik kurashchi Habib Nurmugamedov.

8-o‘rin: hindistonlik kriketchi Roxit Sharma.

9-o‘rin: misrlik futbolchi Muhammad Saloh.

10-o‘rin: argentinalik futbolchi Paulo Dibala.

Reytingga jami 50 ta sportchi kiritildi. To‘liq ro‘yxat bilan saytda tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring