Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ektor Kuper ro‘yxatni e’lon qildi. Tarkibda yangi nomlar bor

Ektor Kuper ro‘yxatni e’lon qildi. Tarkibda yangi nomlar bor

Foto: «O‘FA»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28-may — 12-iyun kunlari navbatdagi yig‘inni o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida terma jamoamiz a’zolari uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi. 2-iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11-iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan kuch sinashamiz.

Ektor Kuper mazkur o‘yinlarga milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan quyidagi 25 nafar futbolchi joy olgan:

Darvozabonlar:

Sanjar Quvvatov («Paxtakor»)

Ilyosov Javohir («Lokomotiv»)

Suyunov Eldor («Paxtakor»)

Ergashev Botirali («Dinamo»)

Himoyachilar:

Krimets Yegor («Paxtakor»)

Ismoilov Anzur («Lokomotiv»)

Tursunov Dostonbek («Renofa Yamaguchi», Yaponiya) 

To‘xtaxo‘jayev Islom («Lokomotiv»)

Zoteyev Oleg («Lokomotiv»)

Sayfiyev Farrux («Paxtakor»)

Komilov  Akromjon («Paxtakor»)

Hoshimov Davron («Lokomotiv» )

Alijonov Hojiakbar («Paxtakor»)

Yarim himoyachilar:

Hamrobekov Odiljon («Paxtakor»)

Ahmedov Odil («Shanxay SIPG», Xitoy)

Musayev Fozil («Jubilo Ivata» Yaponiya)

Aliboyev Ikrom («Seul», Janubiy Koreya)

Urunov Oston («Navbahor»)

Masharipov Jaloliddin («Paxtakor»)

Ibragimov Doston («Buxoro»)

Ro‘ziyev Quvondiq  («Qo‘qon-1912»)

Mirzayev Sardor  («Lokomotiv»)

Hujumchilar:

Shomurodov Eldor («Rostov», Rossiya)

Sergeyev Igor («Paxtakor»)

Abduxoliqov Temurxo‘ja («Lokomotiv»)

Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboyev Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishmaydi. Ular o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3-iyun kuni O‘zbekistonga yetib kelishadi. Keyin terma jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring