Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbolda «inqilob»: FIFA bir o‘yinda besh nafar futbolchini almashtirishga ruxsat berdi

Futbolda «inqilob»: FIFA bir o‘yinda besh nafar futbolchini almashtirishga ruxsat berdi

Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFA futbolda vaqtinchalik islohotlar o‘tkazishga qaror qildi. Tashkilot barcha futbol uchrashuvlarida 5 nafargacha zaxiradan futbolchi tushirilishiga ruxsat bermoqda.

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro kengashi (IFAB) qaroriga ko‘ra, 2020-yilning oxirigacha har bir klubning o‘yin davomida ma’lum qoidalar asosida beshtagacha futbolchilarni almashtirish imkoniyati beriladi.

Shu bilan birga, mazkur qarorni kuchga kiritish konfederatsiyalar (masalan, OFK) va federatsiyalar (masalan, O‘FA, PFL) ixtiyorida qoladi.

Ammo, jamoalar o‘yin davomida 5 nafar futbolchini almashtirishda ma’lum qoidalarga qat’iy amal qilish talabi qo‘yilgan. Murabbiyga o‘yin davomida futbolchilarni almashtirish uchun tanaffus vaqtida bir marta va ikkinchi taym davomida 3 marta imkoniyat beriladi. Murabbiy shu almashtirishlarning birida bir vaqtning o‘zida ikki nafar futbolchini almashtirib olishi shart.

IFAB va FIFA mazkur qaror 2021-yilda ham amalda bo‘lish yoki bo‘lmasligi borasida bir qarorga kelmagan.

Shuningdek, Videotakrorlar tizimidan (VAR) foydalanishda davom etish masalasi federatsiya va konfederatsiyalar ixtiyorida qoladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring