Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘alabani erta nishonlagan sportchi marrani berib qo‘ydi (video)

G‘alabani erta nishonlagan sportchi marrani berib qo‘ydi (video)

Skrinshot

O‘smirlar o‘rtasida kross bo‘yicha (IAAF 2017) jahon chempioni, ugandalik yengil atletikachi Jeykob Kiplimo San-Pauludagi poygada butun masofani yetakchi sifatida bosib o‘tdi. Ammo marraga bir qadam qolganida...

Finish chizig‘iga deyarli qo‘l uzatgulik masofa qolganida u negadir o‘zini bo‘sh qo‘ydi, tezlikni susaytirdi, hatto g‘alabani nishonlash uchun qo‘lini osmonga ko‘tarishga ham shaylandi. Ammo ikkita muhim jihatni: har qanday sportda oxirgi soniyalargacha kurash kechishini va ortida keniyalik Kibivott Kandi yugurib kelayotganini unutgandi.

G‘alaba chizig‘iga sanoqli qadamlar qolganida Kandi yashin tezligida oldinga o‘tib ketdi: ham zafar quchdi, ham 15 kilometrni 43 daqiqaga qolmay bosib o‘tib, yangi rekord o‘rnatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring