Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya termasiga 3ta gol urgan futbolchi «Paxtakor» safiga o‘tdi

Germaniya termasiga 3ta gol urgan futbolchi «Paxtakor» safiga o‘tdi

Foto: FK «Paxtakor»

Shveysariya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempionatlari final bosqichi ishtirokchisi bo‘lgan tajribali hujumchi Eren Derdiyok «Paxtakor»ning navbatdagi transferiga aylandi. Futbolchi jamoa bilan erkin agent sifatida ikki yillik shartnomaga imzo chekdi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

Derdiyok faoliyatini Shveysariyaning «Old Boyz» jamoasida boshlagan. Keyinchalik yaxshi o‘yinlari bilan o‘sha paytda mamlakatda gegemon sanalgan klub «Bazel» e’tiborini jalb qilgan. Shundan so‘ng Germaniya bundesligasida «Bayer» va «Xoffenxaym» klublari sharafini himoya qilgan.

2014-yildan u faoliyatini Turkiyada davom ettirib, «Qosimposho», «Galatasaroy» va «Go‘ztepe» jamoalarida to‘p tepdi. «Bazel» va «Galatasaroy» tarkibida Shveysariya va Turkiya chempioniga aylangan.

Milliy terma jamoasi safida ko‘plab o‘yinlar o‘tkazgan. Hatto 2012-yili Germaniya terma jamoasi darvozasiga uchta gol urib, xet-trik qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring