Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi

Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi

Bugun, 1-dekabr kuni yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi. Uning ishtirokida Milliy olimpiya qo‘mitasida matbuot anjumani tashkil etildi.

«O‘zbekistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Janglarim davomida meni qo‘llab-quvvatlab turdingiz, buni his qildim. Buning uchun rahmat. Mamlakatda sportni rivojlantirish uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish kerak. Ko‘rib turibman, xalqaro arenalarda o‘zbek jangchilari paydo bo‘la boshladi. Sizlarda boks ham yaxshi rivojlangan. Sizlardagi yigitlarning salohiyatini ko‘rib turibman», dedi u matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov Jastin Geytjiga qarshi jangdan so‘ng faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring