Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonlik quruvchi tasodifan Useyn Boltning rekordini yangilab qo‘ydi (video)

Hindistonlik quruvchi tasodifan Useyn Boltning rekordini yangilab qo‘ydi (video)

Kollaj

Useyn Bolt, aftidan, endi sayyoramizdagi eng tez yuguruvchi inson emas. Boltning sprint bo‘yicha jahon rekordini buyvollar bilan yugurish musobaqasi («Kambala»)da qatnashgan hindistonlik quruvchi tasodifan yangilab qo‘ydi.

28 yoshli quruvchi-yuguruvchi — Srinivas Gauda 100 metr masofani 9,55 soniyada bosib o‘tdi, yamaykalik mashhur yulduzning jahon rekordi esa 9,58 soniyaga teng.

«Kambala» musobaqasida qatnashganlarning «oyog‘i yerga tegmay yugurishida», albatta, buyvollarning hissasi katta. Ammo shunisi ham borki, ular Bolt kabi tep-tekis maydonda, yap-yangi krossovkalarda emas, suv to‘la sholipoyada yalangoyoq yugurishganiga nima deysiz?!

Garchi Srinivas Gaudaning natijasi rasman tan olinmagan bo‘lsa-da, Hindiston tashqarisida ham aks-sado berib bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: «Kambala» poygalari an’anaviy ravishda Hindistonning Karnataka shtatida o‘tkazib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring