Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov bugun mashhur «Medison skver garden»da jang o‘tkazadi (video)

Isroil Madrimov bugun mashhur «Medison skver garden»da jang o‘tkazadi (video)

Bugun, 5-oktyabr kuni (bizning vaqt bilan ertaga tongda) hamyurtimiz Isroil Madrimov o‘zining navbatdagi jangini Nyu-Yorkdagi mashhur «Medison skver garden» saroyida o‘tkazadi.

Unga meksikalik Alexandro Barrera raqiblik qiladi. Mazkur jang avvalida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bokschilar belgilangan vazn me’yorini bajardi.

Bo‘lajak to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan taxminan tonggi soat 06:00dan keyin boshlanadi. Jang «Sport» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib berilishi rejalashtirilmoqda.

Madrimov o‘zining profboksdagi uchinchi bahsini o‘tkazsa, Barrera shu paytgacha 34 bor ringga ko‘tarilgan bo‘lib, 29 jangda g‘alaba qozongan va 5 bor mag‘lubiyatga uchragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring