Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimov yengilmas bokschi bilan jang o‘tkazdi

Isroil Madrimov yengilmas bokschi bilan jang o‘tkazdi

Toshkentdagi «Humo Arena» saroyida bo‘lib o‘tayotgan professional boks kechasida murakkab jang bo‘lib o‘tdi.

Agar avvalgi bahslarda bokschilarimiz oson g‘alabalarni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Isroil Madrimovga shu vaqtga qadar professional ringda 14 jangining barchasini nokaut bilan yakunlagan va birorta mag‘lubiyatga uchramagan raqib duch keldi.

Jang belgilangan 10 raund to‘liq davom etdi va unda Isroil bir bor raqibini nokdaunga uchratib hamda aniq zarbalari bilan ustunlikka erishdi. Hakamlarning qaroriga ko‘ra, hamyurtimiz ochkolar hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu Isroilning professional ringdagi 7-g‘alabasi bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring