Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Karshi Open» g‘olibiga xalqaro grossmeyster va FIDE sport ustasi unvoni beriladi

«Karshi Open» g‘olibiga xalqaro grossmeyster va FIDE sport ustasi unvoni beriladi

Foto: Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Joriy yilning 6-11 avgust kunlari Qarshi shahrida shaxmat bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Ismat Shukurov xotirasiga bag‘ishlangan «Karshi Open-2019» xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, musobaqada 10 mamlakatdan – Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Braziliya, AQSh, Ukraina, Belorus va O‘zbekistondan jami 250 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilmoqda.

«Karshi Open-2019» xalqaro turniri standart (klassik shaxmat) yo‘nalishida 9 turdan, «A» va «B» guruhlarida o‘tkaziladi. Musobaqa shveysarcha tizimda, FIDE qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Turnir mukofot jamg‘armasi 55 million so‘mdan ortiq.

Xalqaro turnirning ochilish marosimi 7 avgust kuni 09:00 da bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring