Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keyrush Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Keyrush Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Foto: «Vesti.ru»

Portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’fo berdi. Uning o‘rniga kim tayinlanishi tez kunlarda aniq bo‘ladi.

Kolumbiya futbol federatsiyasi bilan Keyrush o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilingani aytilmoqda. Keyrush 2019-yilning fevral oyidan shu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi. Uning boshchiligida kolumbiyaliklar 18 ta o‘yin o‘tkazib, 9 tasida g‘alaba qozonishgan, 4 tasida mag‘lubiyat, 5 tasida durang qayd etilgan.

67 yoshli Karlush Keyrush eng baobro‘ murabbiylardan sanaladi. Portugaliya, JAR, BAA, Eron terma jamoalari, «Sporting», «Manchester Yunayted» va «Real»da ishlagan.

2022-yilgi jahon chempionati uchun saralashlarda Kolumbiya oltinchi o‘rinda boryapti. Chempionatning finaliga to‘rt jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadi, beshinchi jamoa esa boshqa qit’adagi o‘zi kabi vaziyatga tushgan jamoa bilan orani ochdi qilishga majbur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring