Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Konor Makgregor va Dastin Pore ertangi jangda qanchadan pul ishlab oladi?

Konor Makgregor va Dastin Pore ertangi jangda qanchadan pul ishlab oladi?

Irlandiyalik jangchi 5 million dollar miqdorida kafolatlangan gonorarga ega bo‘ladi. Shuningdek, Konor pullik translyasiyalardan ulushga ega bo‘ladi. Bu miqdor 20 million dollargacha yetishi mumkin, deya xabar qildi The Independent.

Porening gonorari 1 million dollarga teng, shuningdek, u ham translyasiyalardan ulushga ega bo‘ladi. Bu amerikalik jangchi faoliyatidagi eng yuqori gonorar hisoblanadi.

E’tiborlisi, ertangi janglarda o‘zbekistonlik Mahmud Murodov (24-6) ham oktagonga chiqadi. Unga Endryu Sanches (14-5) raqiblik qiladi.

Musobaqa 24 yanvar kuni, yakshanba tongida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring