Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kovid-cheklovni buzgan ikki dzyudochi Olimpiadadan haydaldi

Kovid-cheklovni buzgan ikki dzyudochi Olimpiadadan haydaldi

Foto: «Eminetra»

Gruziyalik ikki nafar dzyudochi Tokio olimpiadasini tark etdi — kovid-cheklovlarni buzishgan. Bu haqda «Kyodo» agentligi Gruziya milliy olimpiya qo‘mitasiga asoslanib xabar berdi.

Epidemiologik protokolga amalga qilmagan ikki sportchining nomlari keltirilmagan. Faqat ular Yaponiya poytaxtining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun Olimpiya qishlog‘ini tark etishgani ma’lum. Mahalliy OAVga ko‘ra, guvohlar Gruziya terma jamoasining kumush medalli ikki sportchisini Tokio minorasida ko‘rishgan, bu Olimpiadada koronavirus tarqalishining oldini olish uchun joriy etilgan cheklovlar talablarini buzish sanaladi.

Gruziya terma jamoasi shu paytgacha Tokio olimpiadasida to‘rtta medalli bo‘ldi, hammasi aynan dzyudo yo‘nalishida: Lasha Bekauri oltin, Vaja Margvelashvili, Lasha Shavdatuashvili va Guram Tushishvili kumush medallarni qo‘lga kiritishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring