Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahmud Murodov: «Birinchi jangimda 15 yevro uchun oktagonga chiqqanman. Bugun esa UFC jangchisiman»

Mahmud Murodov: «Birinchi jangimda 15 yevro uchun oktagonga chiqqanman. Bugun esa UFC jangchisiman»

Foto: «Xs.uz»

Aralash jang san’ati (MMA) ustasi Mahmud Murodov Toshkentda muxlislar bilan uchrashdi. UFCda faoliyatini davom ettirayotgan sportchi shu kuni 500ga yaqin muxlislar, ommaviy axborot vositalarining qiziqtirgan savollariga javob qaytardi, deb xabar berdi «Xs.uz».

«Men bu sport turida faoliyatimni boshlaganimda hech narsam yo‘q edi. Akam bilan Rossiyaga qurilishda ishlab pul topish, oilamga pul jo‘natish uchun ishlagani ketgandik. O‘sha yerda shug‘ullanish uchun sharoit qilib olib mashg‘ulotlar bajarganmiz. -40 darajada sovuqda ham ishlashga to‘g‘ri kelgan. Shunday sharoitda ham sport uchun vaqt topib, janglarda ishtirok etganman va Chexiyaga yo‘l olganman. U yerda birinchi jangimda 15 yevro uchun oktagonga chiqqanman. Bugun esa UFC jangchisiman.

Har bir sportchi o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yishi kerak. Faqat shundagina natijaga erishishi mumkin. Tartib intizom birinchi o‘rinda bo‘lsa, sabr qilinsa, hamma narsaga erishish mumkin. Bunga mening bosib o‘tgan yo‘lim yorqin misol bo‘ladi oladi», deydi u.

Shuningdek, Mahmud kelgusida O‘zbekistonda sport maktablari ochish niyati borligini va bu rejalashtirilayotganini ham ma’lum qildi:

«Tez orada Toshkent, Buxoro va Samarqandda maktablar tashkil qilmoqchimiz. U yerda shug‘ullanish mutlaqo bepul bo‘ladi. Kelgusida esa butun respublika bo‘yicha bunday maktablarni tashkil qilish rejamiz bor», degan Murodov.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC promoushenidagi yagona o‘zbek jangchisi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring