Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahmud Murodov Dubayda jang o‘tkazadi

Mahmud Murodov Dubayda jang o‘tkazadi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov iyul oyida yana oktagonga qaytadi.

Murodov UFC 264 doirasida 10-iyul kuni Dubaydagi «Jangchilar oroli»da jangga chiqadi. Hozircha uning raqibi rasman ma’lum emas. Sportchining o‘zi esa  raqib sifatida o‘rta vazn toifasining sobiq chempioni Kris Vaydmanni berishlarini so‘ragan.

Ma’lumot uchun, UFC 264 musobaqasining asosiy jangi Konor Makgregor hamda Dastin Pore o‘rtasida kechadi.

Murodov shu yilning yanvar oyida amerikalik Endryu Sanchesni nokautga uchratgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring