Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» sobiq bosh murabbiyi «Messining buyukligi»ni shubha ostiga qo‘ydi

«Real» sobiq bosh murabbiyi «Messining buyukligi»ni shubha ostiga qo‘ydi

Foto: «Wikipedia»

Madridning «Real» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xose Antonio Kamacho «Barselona» hujumchisi Lionel Messini dunyodagi eng yaxshi futbolchi hisoblamasligini ma’lum qildi. Mutaxassis so‘zlarini «El Mundo»ga asoslanib «Marca» yetkazmoqda.

Kamachoning fikricha, birorta ham argentinalik futbolchi, agar jahon chempionatida g‘alaba qozonmasa, millionlar o‘yini tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo‘lolmaydi.

«Messi jahon kubogisiz eng yaxshisi bo‘lolmaydi. Sovrin — muhim, asl futbolchi ana shunga intiladi va Argentina xalqi ham doimo shuni talab qilaveradi», — dedi Kamacho.

13-avgust kuni portugaliyalik to‘purar Krishtianu Ronaldu Messi bilan o‘zini solishtirib, turli jamoalar tarkibida Chempionlar ligasida g‘alaba qozongani bilan maqtangandi.

Ma’lumot uchun: Lionel Messi — «Barselona» tarkibida to‘rt karra UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi va 10 karra Ispaniya chempioni. Bundan tashqari, u besh marta «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘lgan. Biroq Argentina asosiy jamoasi bilan birorta ham sovrin yutib olmagan.

Xose Antonio Kamacho — butun futbolchilik faoliyatini (1973—1989-yillar) «Real Madrid»da o‘tkazgan va sovrinlarni asosan shu jamoa bilan qo‘lga kiritgan. Qirollik klubida 414 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan. Ispaniya milliy jamoasi tarkibida ikki marta jahon chempionati, ikki marta Yevropa chempionatida qatnashib, chempion bo‘lolmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring