Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messining maoshi kamaydi, ammo...

Messining maoshi kamaydi, ammo...

The Sun nashri xabariga ko‘ra, «Barselona»ning argentinalik xujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, Messi maoshi pasayishiga rozi bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, futbolchi haftasiga 1,4 million yevro maosh oladi.

Shunga qaramay, Lionel Messi eng ko‘p maosh olayotgan sportchilar ro‘yxatida peshqadamligini saqlab qoldi. Uning azaliy raqibi «Yuventus»da to‘p surayotgan Krishtianu Ronalduga esa haftasiga 1 million yevroga yaqin haq to‘lanadi.

Uchinchi o‘rinda Neymar. «PSJ» rahbariyati braziliyalik legionerga haftasiga 700 ming yevro maosh to‘laydi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni «Atletiko»da to‘p surayotgan Luis Suares va «Barselona»ning fransiyalik futbolchisi Antuan Grizman egalladi. Ular haftasiga 670 ming yevrodan maosh oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring