Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MMAda yilning eng yaxshi og‘ritish usuli e’lon qilindi (video)

MMAda yilning eng yaxshi og‘ritish usuli e’lon qilindi (video)

Foto: «Insider.com»

MMA Fighting tahririyati aralash jang san’ati (MMA)da 2020-yilning eng yaxshi og‘ritish usulini aniqladi. Bu haqda nashr saytida xabar berilgan.

MMA Fighting jurnalistlarining fikricha, amerikalik A. Jey Makki qo‘llagan bo‘g‘ish usuli joriy yilning asosiy texnikasi hisoblanadi. U noyabr oyida Bellator musobaqasida raqibi Darrion Kouldvell ustidan samarali g‘alabaga erishdi.

Makkining bo‘g‘ish usuli muxlislarni hayron qoldirdi. Ba’zilar hatto mazkur texnikani jangchining nomi bilan atashni taklif qilishgan.

23-dekabr kuni UFC 2020-yilda eng yaxshi og‘ritish usulini qo‘llagan nomzodlarni e’lon qildi. Ular orasida rossiyalik Habib Nurmagomedov ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring