Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murod Xonto‘rayev rossiyalik Yevgeniy Myakinkinni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi

Murod Xonto‘rayev rossiyalik Yevgeniy Myakinkinni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi

Mashhur MMA yulduzimiz Murod Xonto‘rayev ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytdi.

Kecha oqshom «Osiyo ayig‘i» poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida o‘zining professional jangini o‘tkazdi. Xonto‘rayev rossiyalik 33 yoshli MMA jangchisi Yevgeniy Myakinkinga qarshi ringga chiqdi va raqibini muddatidan avval bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu jangni bevosita sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarov ham kuzatib borgan va bahs yakunlanishi bilan ringga chiqib, Murod Xonto‘rayevni g‘alaba bilan tabriklagan.

Ma’lumot uchun, Yevgeniy Myakinkin shu kungacha 14 ta jangda g‘alaba qozongan edi. Kechagisi bilan qo‘shib hisoblaganda mag‘lubiyatlari soni 9 taga yetdi. Raqiblarini 4 ta jangda muddatidan avval taslim etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring