Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mussolinining evarasi «Latsio» bilan professional shartnoma tuzdi

Mussolinining evarasi «Latsio» bilan professional shartnoma tuzdi

Foto: «Ilgazzettino.it»

Italiyalik diktator Benito Mussolinining nevarasi — Romano Floriani Mussolini ilk professional shartnomaga imzo qo‘ydi. Bundan buyon 18 yoshli futbolchi Rimning «Latsio» jamoasi katta yoshlilari safida to‘p suradi.

Shartnoma 2024-yil yozigacha tuzilgan, deyiladi «Correiere della Sera» xabarida.

Romano Mussolini shu paytgacha «burgutlar»ning turli yoshli jamoalari sharafini himoya qilib kelgan. Maydonda o‘ng qanot himoyasini egallaydi.

Futbol olamida duche (italyan fashistlari dohiysi) aynan «Latsio»ga ishqibozlik qilgan degan gap-so‘zlar bor. Biroq uning nevarasi — Romanoning onasi Alessandra Mussoliniga ko‘ra, bu shunchaki mish-mish: Mussolini o‘z tug‘ilib o‘sgan shahar jamoasi — «Bolonya»ga muxlislik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring