Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«MYu» Sanchesga «Inter»ga o‘tishi uchun 36 million funt to‘laydi

«MYu» Sanchesga «Inter»ga o‘tishi uchun 36 million funt to‘laydi

Foto: «Sport-Espress»

Aleksis Sanches «Inter»ga o‘tadigan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» forvardga 36 million funt to‘laydi, deb yozadi «Prosports.kz» «MatchTV»ga asoslanib.

Chorshanba kuni ikkala jamoa vakillari o‘yinchi ijarasi borasida, shu bilan birga kelgusi yozda sotib olish ehtimoli bilan muzokaralar olib borishdi.

Agar kelishuv amalga oshadigan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» o‘yinchiga shartnoma bo‘yicha qolgan ikki yil uchun maosh to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu 36 million funt degani.

Sanches 2018-yilda Londonning «Arsenal»idan «MYu»ga o‘tgandi. Bu vaqt ichida u jamoa safida 50 ta o‘yinga tushib, yettita golga mualliflik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring