Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odil Ahmedov: «Kuper himoyaviy o‘yini tufayli terma jamoadan ketdi»

Odil Ahmedov: «Kuper himoyaviy o‘yini tufayli terma jamoadan ketdi»

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yamanga qarshi kechadigan o‘yin oldidan jurnalistlar savollariga javob berdi va sobiq bosh murabbiy Ektor Kuperning iste’fosiga nima sabab bo‘lganini aytib o‘tdi.

— Odil bu siz uchun jahon chempionatiga chiqish uchun oxirgi imkoniyat. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda jamoani oldinga boshlay olasizmi?
— Bu futbol, unda ertaga nima bo‘lishini bilmaysan. Men terma jamoa safida maydonga tushgan har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istayman. Klublarda qandaydir omadli o‘yinlarim bo‘lgan, ammo terma jamoa bilan hali hech narsa yutmadim. Juda xohlagan bo‘lardim, terma jamoa darajasidagi sovrinni ham muzeyimga qo‘yishni.

— Kuper ketgandan so‘ng jamoadagi ichki muhit yaxshilandimi?
— Ichki muhit terma jamoada har doim yaxshi bo‘lgan. Qaysi murabbiy bo‘lishidan qat’iy nazar, terma jamoaga kelgan futbolchi ichki muhitga ta’sir o‘tkazmagan. Har bir murabbiyning o‘z taktikasi bor. Kuper himoyaviy o‘yin namoyish etardi, bu esa ba’zi o‘yinlarda bizga to‘g‘ri kelmadi. Iste’foga ham shu sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman.

— Ilgari terma jamoa o‘yinlari «Bunyodkor» stadionida bo‘lar edi. «Paxtakor»ga ko‘chgani haqida nima deya olasiz?
— Yaxshi o‘yin uchun yaxshi maydon kerak. Bunga qadar «Bunyodkor» stadionida muammo bo‘lardi. «Paxtakor» o‘yin o‘tkazish uchun ideal maydonga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring