Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Odil Ahmedov — qolgan o‘yinchilar fonida Messi». Genich Senegal — O‘zbekiston o‘yini haqida

«Odil Ahmedov — qolgan o‘yinchilar fonida Messi». Genich Senegal — O‘zbekiston o‘yini haqida

Rossiyalik taniqli futbol sharhlovchisi Konstantin Genich Senegal va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

«Har ikki jamoa imkoniyatlari menga yaxshi ma’lum. O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqa olmadi, hal qiluvchi o‘yinda ular koreyaliklar bilan durang o‘ynadi.

Men o‘sha o‘yinni sharhlab borganman — O‘zbekiston jamoasi hujumda juda yomon o‘ynaydi. Odil Ahmedov — qolgan futbolchilar fonida xuddi Messidek ko‘rinadi. Yana Shomurodov bor. Ammo men ko‘rgan o‘yinlarda O‘zbekistonning hujumdagi harakatlari o‘xshamagan.

Jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lgan Senegal termasiga qarshi ularni juda qiyin o‘yin kutmoqda. Senegal, balki, taniqli futbolchilaridan foydalanmasligi ham mumkin. Afrikaliklar tarkibida oldingidek sepuryulduzlar bo‘lmasligi mumkin, ammo Nyang, Mussa Sou, Geye, Kuyyate kabi o‘yinchilari bor», — dedi Genich.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring