Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek futbolida VAR tizimi qachon joriy etilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbek futbolida VAR tizimi qachon joriy etilishi ma’lum bo‘ldi

Foto:«24 kanal»

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar bergandik.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bir nechta takliflari keltirilgan.

Jumladan, xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq 2021-yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish belgilangan.

Farmon loyihasi muhokamasi 2019 yil 29 noyabrgacha davom etadi.

Oldinroq O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkinligi xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring