Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston merganlari 8 ta medal bilan qaytishdi

O‘zbekiston merganlari 8 ta medal bilan qaytishdi

O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi sportchilari Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan «Oltin-Mergan» xalqaro turniridan 8 ta medallar shodasi bilan qaytdi.

Olimpiya sport turlari qatorida turuvchi ushbu musobaqa 1986 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda.

Mazkur 34-Xalqaro turnirda turli davlatlardan 140 nafar sportchi jami 25 ta medallar jamlanmasi uchun bellashdi.

Turnir natijalariga ko‘ra, o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib natijani qo‘lga kiritdi.

10 metr masofada pnevmatik miltiqdan o‘q uzishda Muxtasar Tohirova oltin, Aleksandra Davydova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Sportchilarimiz 10 metr masofada pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha aralash jamoalar tarkibida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.

Sakina Mamedova – oltin medal.

Sitora Ergashboyeva – kumush medal.

Veniamin Nikitin va Herod Azimboyeva – bronza.

Veniamin Nikitin shaxsiy to‘pponchadan 50 metrga o‘q otish bo‘yicha ham 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqaning so‘nggi kunida 25 metrga mashq bajarishda munosib o‘q otgan Sakina Mamedova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tarzda, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi sportchilari O‘zbekistonga jami 8 ta medallar shodasi bilan qaytishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring