Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJ mart oyida yana Urugvay bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston MTJ mart oyida yana Urugvay bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida «China Cup» musobaqasida qatnashishi haqida ma’lumot berilgandi.

Mazkur musobaqa 21-25-mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo‘ladi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

O‘zbekiston yarim finalni 22-mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Xitoy esa  21-mart kuni Tayland bilan kuch sinashadi. Yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar 25-mart kuni finalda o‘zaro to‘qnash kelishadi. Shuningdek, yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar 25-mart kuni 3-o‘rin uchun bahsda maydonga tushishadi.

Ma’lumot uchun, «China Cup» musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017-yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi g‘olib chiqqan.

Uruguvay terma jamoasi bosh murabbiyi «China Cup-2019» musobaqasi uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Darvozabonlar:

  • Fernando Muslera ("Galatasaroy", Turkiya)
  • Martin Kampanya ("Independente", Urugvay)
  • Martin Silva ("Libertad", Paragvay)

Himoyachilar:

  • Diyego Godin ("Atletiko", Ispaniya)
  • Sebastyan Koates ("Sporting", Portugaliya)
  • Xose Mariya Ximenes ("Atletiko", Ispaniya)
  • Gaston Silva ("Independente", Urugvay)
  • Martin Kaseres ("Yuventus", Italiya)
  • Matias Suares ("Defensor Sporting", Urugvay)
  • Marselo Sarachchi ("Leypsig", Germaniya)
  • Naytan Nandes ("Boka Xuniors", Argentina)

Yarim himoyachi:

  • Jovanni Gonsales ("Penyarol", Urugvay)
  • Diyego Laksalt ("Milan", Italiya)
  • Lukas Torreyra ("Arsenal", Angliya)
  • Matias Vesino ("Inter", Italiya)
  • Rodrigo Bentankur ("Yuventus", Italiya)
  • Karlos Sanches ("Santos", Braziliya)
  • Nikolas Lodeyro ("Sietl Saunders", AQSh)
  • Kamilo Mayada ("River Pleyt", Argentina)
  • Federiko Valverde ("Real Madrid", Ispaniya)
  • Jorjian De Arraskaeta ("Flamengo", Braziliya)

Hujumchilar:

  • Gaston Pereyro ("PSV", Gollandiya)
  • Jonatan Rodriges ("Santos Laguna", Meksika)
  • Maksi Gomes ("Selta", Ispaniya)
  • Kristian Stuani ("Jirona", Ispaniya)
  • Edinson Kavani ("PSJ", Fransiya)
  • Luis Suares ("Barselona", Ispaniya)

Bosh murabbiy:

  • Oskar Tabares

«China Cup-2019» musobaqasi oldidan Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. Mazkur matbuot anjumani davomida bosh murabbiy musobaqaga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yilning yozida Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan va yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring