Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston o‘tmishdagi xatolarni takrorlamasligi kerak» — Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi

«O‘zbekiston o‘tmishdagi xatolarni takrorlamasligi kerak» — Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi

Foto: FIFA.com

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi. Ahmedov o‘z so‘zida o‘tmishdagi xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerakligini ta’kidlagan.

Bilasiz, milliy terma jamoamizning jahon chempionati saralashidagi omadsiz startidan so‘ng argentinalik mutaxassis Ektor Kuperga chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Yana bir necha kundan so‘ng terma jamoamizni jiddiy uchrashuvlar kutib turibdi.

«Biz butun saralash bosqichida qo‘limizdan kelgancha harakat qilishimiz va o‘z ko‘rsatkichlarimizni yaxshilab olishimiz kerak. Agar biz Jahon chempionatiga chiqishni istasak o‘tmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz lozim bo‘ladi.

Biz jahon chempionatida ishtirok etishga munosib ekanimizni isbotlay oldik. So‘nggi mundialning saralash bosqichlarida juda yaxshi o‘ynadik. O‘shanda Rossiyadagi jahon chempionatiga borishdan juda umidvor edik, biroq so‘nggi bahslardagi omadsizliklar tufayli bu umidimiz puchga aylandi. Bu — futbol», — deya o‘z so‘zlarini yakunlagan Ahmedov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring