Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati finaliga chiqdi

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati finaliga chiqdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Rossiya poytaxti Moskvada o‘tayotgan mehribonlik uylari o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning finaliga chiqdi. Bu haqda milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida xabar berildi.

14-17 yoshdagi futbolchilar ishtirok etayotgan mundialda O‘zbekiston terma jamoasi dastlab, Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan chiqishgandi. Chorak finalda vakillarimiz Nepalni 2:1 hisobida taslim qilib yarim finalga chiqishgandi.

Bugun yarim finalda hamyurtlarimiz Burundini 1:0 hisobida mag‘lub etib finalga chiqishdi.

16-may kuni finalda O‘zbekiston Pokiston bilan o‘ynaydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring