Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston terma jamoasi — jahon chempioni!

O‘zbekiston terma jamoasi — jahon chempioni!

Foto: «Uff.uz»

Rossiyada o‘tkazilgan mehribonlik uylari o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib chiqdi.

14-17 yoshdagi futbolchilar ishtirok etayotgan mundialda O‘zbekiston terma jamoasi dastlab, Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan chiqishgandi. Chorak finalda vakillarimiz Nepalni 2:1 hisobida taslim qilib yarim finalga chiqishgandi.

Yarim finalda hamyurtlarimiz Burundini 1:0 hisobida mag‘lub etib finalga chiqishgan edi.

Final bellashuvida hamyurtlarimiz Pokiston terma jamoasi bilan bellashdi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgach, g‘olib nomi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlandi. Penaltilar seriyasida darvozabonimiz Sergey Islomovning mahorati O‘zbekiston terma jamoasiga jahon chempionligini taqdim etdi.

Mehribonlik uylari o‘rtasidagi jahon chempionati. Final.

O‘zbekiston terma jamoasi — Pokiston terma jamoasi — 6:5

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring