Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston terma jamoasi Singapurga jo‘nab ketdi. O‘yin oldidan vaziyat qanday?

O‘zbekiston terma jamoasi Singapurga jo‘nab ketdi. O‘yin oldidan vaziyat qanday?

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash musobaqasi ikkinchi bosqichi, 4 tur doirasidan o‘rin olgan bahsda ishtirok etish uchun Singapurga uchib ketdi.

Ertaga, 15 oktyabr kuni Vadim Abramov shogirdlari mehmonda Singapur termasi bilan bellashadi. O‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etgan Temur Kapadze uchrashuvda imkon qadar hujumkor o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonishga va’da berdi.

Ma’lumot o‘rnida, jamoalar shu kungacha o‘zaro ikki bor to‘qnash kelib, har ikkala bahsda ham vakillarimiz muvaffaqiyat qozonishgan. To‘plar nisbati esa 10:3 ni tashkil qiladi.

Guruhimizda Saudiya Arabistoni va Singapur termalari 4 ochko jamg‘argan holda karvonboshilik qilayotgan bo‘lsa, terma jamoamiz 3 ochko to‘plab, uchinchi pog‘onani band qilgan. Keyingi o‘rinlarni Falastin va Yaman jamolari egallashgan.

Ertangi bellashuvni Shen Yinxao boshchiligidagi xitoylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Qanotlarda unga hamyurtlari Song Siyangyun hamda Jang Chenglar yordam berishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston-Singapur o‘yini, ertaga Singapurning «Markaziy» stadionida, Toshkent vaqti bilan 16.45 boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring