Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Yaman ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston Yaman ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

JCh-2022 saralash bosqichining 9-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yamanga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 19-daqiqadasida belgilangan penaltini Jaloliddin Masharipov golga aylantirib, terma jamoani hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘yin oxirigacha shu hisob o‘zgarmay qoldi.

Yaman – O‘zbekiston – 0:1

Gol: Jaloliddin Masharipov 19 (pen.)

Hakam: Muhammad Abdulla (BAA)

O‘zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odil Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboyev (6.Abror Ismoilov, 61), 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 90), 15.Umar Eshmurodov (5.Rustam Ashurmatov, 46), 19.Sanjar Qodirqulov (18.Vagiz Galiulin, 75), 23.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (13.Oleg Zoteyev, 90).

Yaman: 22.Muhammad Xayruloh, 4.Mudir Al Radai, 5.A’lo Mahdi, 6.Jihod Ahmad, 8.Jalol Al Jalol, 10.Muhsin Muhammad Hasan, 13.Ahmad Abdulvohid, 16.Nosir Al Gahvashi, 17.Mufad Jamol, 19.Muhammad Ali Bakshan, 20.Emad Mansur Tavfiq (12.Ahmad Mohir, 70).

Ogohlantirishlar: 13.Ahmad Abdulvohid 18, 19. Muhammad Ali Bakshan 64 - 8.Ikrom Aliboyev 45, 14.Eldor Shomurodov 77.

Amalga oshirilmagan penalti: Odil Ahmedov, 81.

O‘zbekiston milliy jamoasi ochkolari soni 15taga yetdi va hamon guruhda 2-o‘rinda bormoqda. 15 iyun kuni Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston uchrashuvida guruh g‘olibi aniqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring