Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgacha muzlatish va 5G texnologiyasi»: Xitoy Qishki olimpiada ob’yektlari qurilishini tugatdi

«O‘zgacha muzlatish va 5G texnologiyasi»: Xitoy Qishki olimpiada ob’yektlari qurilishini tugatdi

Foto: «Jenmin Jibao»

Xitoy 2022-yilda o‘tkaziladigan Qishki olimpiadaning barcha ob’yektlarini qurib bitkazdi. Bu haqda «Jenmin Jibao» gazetasi xabar berdi.

Musobaqalar Pekin, Yansin va Chjanszyakoudagi 25 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Bu galgi Qishki o‘yinlar ekologiya muhofazasiga bag‘ishlangani bois barcha ob’yektlar qurilishida ekotexnologiyalar qo‘llandi. Misol uchun, Xitoy olimpiadasida muzlatishning o‘zgacha texnologiyasidan foydalaniladi.

«Pekindagi muz qoplamali stadion dunyoda eng yirigi. Bu yerda muzlatishda karbonat angidridga asoslangan energiya tejamkor tizim ishlatiladi. Tizim elektr energiyasini 40 foizgacha tejaydi, atrofga zaharli gazlar chiqarilishi esa nulga teng», — deyiladi xabarda.

Boshqa muz maydonlari ham havoni kimyoviy quritishga asoslangan va havoni buzmaydigan hamda elektrni 50 foizgacha tejovchi tizimlar bilan ta’minlangan.

Olimpiya inshootlarida 5G texnologiyasi imkoniyatlari ham keng tatbiq etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring