Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pore «UFC Vegas 4» turnirining asosiy jangida g‘alaba qozondi

Pore «UFC Vegas 4» turnirining asosiy jangida g‘alaba qozondi

Foto: «M.allboxing.ru»

Amerikalik aralash jang san’ati (MMA) kurashchisi Dastin Pore «UFC Vegas 4» turnirining asosiy jangida yangizelandiyalik Den Xuker ustidan g‘alaba qozondi.

Jang Las-Vegasda (AQShning Nevada shtati) bo‘lib o‘tdi va to‘liq olti raund davom etdi. Hakamlar qarori bilan Pore g‘olib deb topildi — 48-47, 48-47, 48-46.

Amerikalik uchun bu karerasidagi 26-muvaffaqiyat bo‘ldi, shuningdek, uning hisobida oltita mag‘lubiyat bor. Xuker karerasidagi to‘qqizinchi jangni boy berdi, u jami 20 marta g‘alaba qozongan.

Pore UFC doirasida oxirgi jangini o‘tgan yili sentyabr oyida o‘tkazgandi. O‘shanda amerikalik kurashchi rossiyalik Habib Nurmagomedovga mag‘lub bo‘lib, tashkilotning yengil vaznda vaqtincha chempionlik maqomidan mahrum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring