Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentning biryo‘la ikkita qarori e’lon qilindi

Prezidentning biryo‘la ikkita qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Dzyudo hamda qo‘l jangi sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarorlari (PQ–286-son, PQ–287-son, 20.06.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan an’anaviy tarzda dzyudo sport turi bo‘yicha O‘zbekistonda quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi:

- kattalar o‘rtasida «Katta dubulg‘a» xalqaro turniri;
- Osiyo chempionati g‘olibi va Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida xalqaro turnir;
- maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Xalq ta’limi vaziri kubogi»;
- o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari o‘rtasida «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri kubogi»;
- Qurolli Kuchlar tizimida «Mudofaa vaziri kubogi»;
- 2024–2025-yillarda harbiylar o‘rtasida Jahon chempionati.

Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari (dzyudo maktablari) davlat sport-ta’limi muassasasi sifatida tashkil etiladi.

Dzyudo maktablariga o‘qishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda ta’lim olish muddati 7 yil etib belgilanadi.

2023-yil 1-yanvardan:

umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantirish bo‘yicha «Bolalar uchun dzyudo» dasturi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Maktabgacha dzyudo» loyihasi joriy qilinadi.

2023-yildan dzyudoni o‘quvchilar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha tanlangan maktablarni o‘quv qo‘llanma, tatami, aksessuar va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash uchun har yili 5 milliard so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi.

«Bolalar uchun dzyudo» dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallarida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi huzuridagi Dzyudo sport klubining filiallari tashkil etiladi.

O‘zbekiston Milliy universitetida 2022/2023 o‘quv yilidan «Dzyudo va sport faoliyati» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi.

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida O‘zbekiston dzyudo akademiyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, 2023-yildan an’anaviy tarzda qo‘l jangi sport turi bo‘yicha:

- har yili Toshkent shahrida 14 yanvar ‒ Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Qurolli Kuchlar chempionati hamda o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlik va jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar xotirasiga bag‘ishlangan Xotira turniri tashkil etiladi;

- har yili Namangan shahrida professional sportchilar o‘rtasida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi» xalqaro turniri o‘tkaziladi;

- har ikki yilda bir marotaba Qarshi, Samarqand va Buxoro shaharlarida yoshlar o‘rtasida «Amir Temur kubogi» xalqaro turniri o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring