Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real» Neymar xaridi uchun kredit oldi

«Real» Neymar xaridi uchun kredit oldi

Foto: «Instagram»

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres braziliyalik futbolchi Neymarni qo‘lga kiritish uchun katta miqdorda kredit oldi, deb xabar berdi «Sport.es».

Peres jamoadagi o‘yinchilarni boshqa klublarga sotishdan ko‘p pul ishlay olmadi, ammo qarzga bo‘lsa ham jahondagi eng zo‘r futbolchilardan birini sotib olmoqchi.

Moliyalashtirish manbasi va aniq qiymati oshkor etilmagan, ammo bu pullar «Real» hisobiga yaqin kunlarda kelib tushishi kutilyapti. Forvard bilan muzokaralarga keyingi haftadan kirishilishi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Neymarning agenti ham uning Madridga ko‘chib o‘tishga tayyorligini tasdiqladi, negaki «Barselona»ga qaytish jarayoni murakkablashib ketdi.

Taxminlarga ko‘ra, shartnoma qiymati €100–120 mln. atrofida bo‘ladi, qo‘shimchasiga «Real» bir-ikkita o‘yinchisini parijliklarga berib yuboradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring