Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rimda Ulug‘bek Rashitov oltin, Rafalovich kumush medalni qo‘lga kiritdi

Rimda Ulug‘bek Rashitov oltin, Rafalovich kumush medalni qo‘lga kiritdi

Italiya poytaxtida start olgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-Pri musobaqasining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz finalda vengriyalik Levente Jozsani 2:0 hisobida mag‘luboyatga uchratdi. Shu tariqa, 8 yillik tanaffusdan so‘ng o‘zbekistonlik taekvondochilar Gran-Pri musobaqasida yana oltin medalga sazovor bo‘lmoqda.

Ulug‘bekdan oldin Dmitriy Shokin 2015 yilgi Moskva hamda Manchester mezbonligida o‘tgan Gran-Prilarda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgandi.

Italiyada yana bir mahoratli sportchimiz Nikita Rafalovich ham final jangini o‘tkazdi. Afsuski, u hal qiluvchi bellashuvda britaniyalik Kaden Kunninghamga imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring