Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu Messining natijasini takrorladi

Ronaldu Messining natijasini takrorladi

Foto: «Global Look Press»

«Yuventus» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2007/08-yilgi mavsumdan boshlab ketma-ket o‘ninchi marta chempionat o‘yinlarida 25 tadan ortiq gol urdi, deya xabar berdi «Gazeta.ru».

Ilgari bu natijaga faqat argentinalik futbolchi Lionel Messi erishgandi.

Portugaliyalik futbolchi oxirgi to‘pini kuni kecha Italiya chempionatining 31-turida «Milan» darvozgasi kiritdi. Ronalduning goliga qaramay, klub uchrashuvni 2:4 hisobida boy berdi.

Italiya milliy chempionati doirasida futbolchi 26 ta to‘p kiritdi. Qolaversa, ushbu mavsumda «Yuventus» tarkibida 39 ta uchrashuvda qatnashib, 30 ta gol kiritdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ronaldu 2018-yilda Madridning «Real» klubidan «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan. Forvardning transfer qiymati €117 mln.ni tashkil etdi. Hujumchi turinliklar bilan 2022-yilgacha shartma imzolagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring