Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu va Messini bir jamoada ko‘rishni istashmoqda

Ronaldu va Messini bir jamoada ko‘rishni istashmoqda

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni «PSJ» jamoasida ko‘rishni istayotganini aytgan.

«Yuventus» futbolchisining yaqinda «Manchester Siti»ga kelib qo‘shilishi haqidagi gaplar Harri Keynning «Tottenxem»da qolish haqidagi qaroridan keyin yanada reallasha boshlagan.

«Krishtianu Ronaldu avval o‘ynagan joyiga qaytib boradi, deb o‘ylamayman. Kiyinish xonasida ko‘p ko‘rganman, Ronaldu o‘zini o‘zgartirish va erishmagan yangi narsalarga talpinishni yaxshi ko‘rardi», deb eslagan Berbatov.

Berbatovning fikricha, «PSJ» Kilian Mbappeni «Real» Madridga sotib yuborgudek bo‘lsa, Ronalduni chaqirib qolish ehtimoli bor. Hozircha Mbappe madridliklarning 137 mln. yevrolik taklifini rad etgan.

«Ronaldu «Man. Siti»ga moslashib ketishi mumkin, lekin uning bu transferiga shubha qilaman. U haliyam dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri, shuning uchun Pep Gvardiola falsafasi Ronalduniki bilan mos kelmasligi mumkin», degan bolgariyalik mutaxassis.

«PSJ» prezidenti Nosir al-Xalayfi ham Messi va Ronalduni bir jamoada, Parijda birga ko‘rishni istayotganini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring