Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Muhim savol: Ronalduga nechanchi raqam beriladi?

Muhim savol: Ronalduga nechanchi raqam beriladi?

Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi transfer olamida eng shov-shuvli va kutilmagan kulminatsiyaga sabab bo‘ldi, deyish mumkin. Hatto Lionel Messining «PSJ»ga o‘tishi ham bunchalik piar bo‘lmagandi.

Endi bir qator savollar tug‘ilmoqda: eng birinchisi — Ronaldu nechanchi raqamli libosni kiyadi? Axir uning xos raqami 7, CR7 brendi faqat unga tegishli. «MYu», «Real Madrid» va «Yuventus»da ham shu raqamda o‘ynagan.

Ammo, bilamizki, ayni paytda bu raqam Edinson Kavaniga berilgan. Kavani esa kamida yana bir yil shu jamoada qoladi. Xo‘sh, unda Ronalduga necha raqam taqdim etiladi? Yo Kavani bilan raqam bo‘yicha alohida muzokaralar olib boriladimi?

Taxminimizcha, Ronaldu boshqa raqam tanlashga majbur. U «Sporting»dalik paytida 28-raqam ostida o‘ynagan. Balki u ham endi an’analardan voz kechar, Messi ham shunday yo‘l tutdi: 30-raqamni tanladi.

Ayni paytda «Old Trafford»da 12, 15, 24, 30, 31, 33 va 35 raqamlari bo‘sh turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring