Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Roy Jons Otabek Umarovga tabrik yo‘lladi

Roy Jons Otabek Umarovga tabrik  yo‘lladi

Skrinshot

Amerikalik mashxur bokschi Roy Jons Otabek Umarovni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib tayinlangani bilan tabrikladi. Bokschi tabrigini video tariqasida o‘z Instagram sahifsiga joylagan.

«Otabek saylanganing bilan chin yurakdan muborakbod etaman va taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. Bunday voqeaning bir qismi bo‘lishdan baxtiyor bo‘laman» - degan so‘zlarni keltirgan.

O‘z o‘rnida Otabek Umarov bildirilgan samimiy tilaklar uchun raxmat aytdi:

«Do‘stim Roy, tabriklar uchun katta raxmat. Yaqin orada, ko‘plab kuchli jangchilar va ularning yorqin g‘alabalariga boy, GFC MMA turniri doirasida uchrashamiz. ⠀

Biz doim mehmonlarni kutib olishdan xursandmiz! O‘zbekistonning eshiklari do‘stlar uchun doim ochiq»! ⠀

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq taniqli aktyor va yakkakurashlar ustasi Stiven Sigal ham Umarovni tabriklagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring