Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samvel Babayan: «Eng katta orzularimdan biri «Navbahor»ni chempion qilish»

Samvel Babayan: «Eng katta orzularimdan biri «Navbahor»ni chempion qilish»

Foto: Xabar.uz

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Samvel Babayan Superliga doirasida «Navbahor»ga qarshi safarda kechgan bahsdan so‘ng (1:0) kelajakda «Navbahor» bosh murabbiyi bo‘lib ishlash va jamoani chempion qilish orzusi borligini ma’lum qildi. Bu haqda «Championat.asia» nashri xabar tarqatgan.

«Har bir insonning orzusi bo‘ladi. 1996 yilda «Navbahor» chempion bo‘lganida shu klub a’zosi edim. Eng katta orzularimdan biri — bir kun kelib «Navbahor» bosh murabbiyi sifatida klubni O‘zbekiston chempioni qilish», — deya aytib o‘tgan Samvel Babayan.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan avvalroq futbol bilan bog‘liq firibgarliklarda ayblangan va futbol bilan bog‘liq faoliyatdan chetlatilgan edi. Xususan, bu borada 10 mingdan ortiq shikoyat xati kelgani xabar qilingandi. Ammo keyinchalik o‘sha ayblovlar tasdiqlanmagani tufayli futbolga qaytarilgani aytildi.

Diyor Imomxo‘jayev tomonidan ma’lum qilinishicha, «Navbahor»ning ayni vaqtdagi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi. Mazkur shartnoma muddatidan avval tugatilsa, klub mutaxassis uchun kompensatsiya to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring