Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni jamoasi sovuqda O‘zbekistonga qarshi qanday o‘ynamoqchi?

Saudiya Arabistoni jamoasi sovuqda O‘zbekistonga qarshi qanday o‘ynamoqchi?

Foto: Google.com

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Xerve Renard jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekistonga qarshi kechadigan o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

— Ertaga bo‘ladigan o‘yining ahamiyati juda yuqori. Biz Falastinga qarshi kechgani singari yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. Guruhda birinchi o‘rinni olgan jamoa keyingi bosqichga 100 foiz chiqadi, ikkinchi o‘rin egasi esa muammolarga duch keladi. Biz esa muammo bo‘lishini istamaymiz.

— Ertaga bo‘ladigan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi sizga qanday muammolar tug‘dirishi mumkin? Jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlarini ayta olasizmi?
— O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoda o‘z o‘rniga ega. Unga qarshi o‘ynash har doim qiyin bo‘lib kelgan. Bu jamoaga qarshi Marokash boshqaruvida o‘ynaganman. O‘shanda ham bizga oson bo‘lmagan.

— O‘zbekiston terma jamoasi guruh o‘yinlarini omadsiz boshladi. Ammo murabbiy o‘zgarganidan so‘ng ikkita g‘alabaga erishdi. Raqib sifatida bu haqda nima deya olasiz?
— Falastinga qarshi safarda o‘ynash har doim qiyin bo‘lib kelgan. Men bu o‘yinni kuzatib borganman. O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga qarshi yaxshi o‘ynagan edi, faqat gol ura olmagan edi. Biz ham shunga o‘xshash holatga tushdik, safarda Falastin bilan durang qayd etishga majbur bo‘ldik.
Janob Kuper juda yaxshi murabbiy, men uni juda hurmat qilaman. U ketgandan so‘ng boshqa murabbiy jamoaga keldi va g‘alabalarga erishdi. Biz uchun yomon tomoni, guruhda qolgan to‘rt o‘yindan faqat bittasini o‘z maydonimizda o‘tkazamiz.

— Ertaga muxlislar stadionga ko‘p kelishi kutilmoqda. Boz ustiga ob-havo ham siz uchun noqulay. Mana shu omillar Saudiya Arabistoniga salbiy ta’sir o‘tkazmaydimi?
— Ob-havo ertaga bizga halal berishi mumkin, biz issiqda o‘ynashga o‘rganganmiz. Toshkentga ikki kun oldin keldik, bu yerda +3 daraja holos. Bu holatda futbolchilarimizga oson bo‘lmaydi. Ammo shuni ham unutmaylikki, javob o‘yini iyun oyida, Jiddada bo‘ladi. Bu vaqtda Saudiya Arabistonida jazirama bo‘ladi. O‘shanda O‘zbekiston terma jamoasiga ham oson bo‘lmaydi.

— Siz oldin Afrika jamoalarini boshqargansiz. Endi esa Osiyoda ishlayapsiz. Afrika va Osiyo futbolini o‘zaro solishtira olasizmi?
— Faqat jahon chempionatidagi natijaga qarab terma jamoalar kuchiga baho berish mumkin. Saudiya Arabistoni esa oxirgi jahon chempionatida Misrni mag‘lub etdi. Shunday ekan, bu jamoa juda yaxshi saviyada, deb ayta olaman. Saudiyada juda ko‘p iqtidorlar bor. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda sovuq bo‘ladi, deb aytdik. Demak, bunday ob-havoda ko‘proq va yanada ko‘proq yugurish kerak. Shunda noqulay ob-havoga qarshi turish mumkin bo‘ladi.

— O‘zbekiston terma jamoasida o‘yin uslubi va murabbiy almashishi sizga qiyinchilik tug‘dirishi mumkinmi?
— Biz buni ko‘rib chiqqanmiz, oxirgi o‘yinlarni o‘rganib chiqdik. Shunday ekan, yangilangan O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘ynashga tayyormiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring