Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov «Jenoa»da ikkinchi golini urdi

Shomurodov «Jenoa»da ikkinchi golini urdi

Foto: «News.sportbox.ru»

Bugun, 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Italiya chempionatining 16-turida «Jenoa» safarda «Sassuola» jamoasiga qarshi o‘ynadi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Maydonda to‘liq 90 daqiqa to‘p surgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 64-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Sassuolo — Djenoa — 1:1 (0:0).

Gol mualliflari: Boga, 52 (1:0). Shomurodov, 64 (1:1).

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov «Jenoa» safida o‘zining ilk golini 30-noyabr kuni urgandi. O‘shanda Italiya A Seriyasining 9-turida «Jenoa» o‘z maydonida «Parma»ga 1:2 hisobda imkoniyatni boy berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring