Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov «Jenoa»da ilk golini urdi (video)

Shomurodov «Jenoa»da ilk golini urdi (video)

Foto: «Chempionat.com»

Eldor Shomurodov «Jenoa» safida o‘zining ilk golini urdi. Bu «kuchli beshlik»ka kiruvchi chempionatlarda o‘zbekistonlik futbolchilar tomonidan kiritilgan ilk gol hamdir.

Ushbu voqea  Italiya chempionatining 9-turida «Jenoa» o‘z maydonida «Parma»ni qabul qilgan o‘yinda yuz berdi.

Ammo Eldorning goli jamoasini mag‘lubiyatdan asrab qola olmadi: Jervinoning dubli parmaliklarga g‘alaba keltirdi.

A Seriya, 9-tur, 30 noyabr

«Jenoa» — «Parma» 1:2

Gollar: Shomurodov (50) — Jervino (10, 47).

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov Italiya kubogida «Sampdoriya»ga qarshi derbida bitta golga assistentlik qilgan va «Jenoa» 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘llanma olgandi. Keyingi raqib — «Yuventus».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring