Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shumaxer Parij klinikasiga yashirincha keltirildi

Shumaxer Parij klinikasiga yashirincha keltirildi

Foto: «michael-schumacher.de»

Taniqli poygachi Mixael Shumaxer Parij klinikalaridan biriga yashirincha yetkazildi. Bu haqda mahalliy «Parisien» gazetasiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, «Formula-1» chempioni Parijdagi Pompidu klinikasiga Shveysariya raqamidagi «Tez yordam» avtomobilida yashirincha olib kelingan. Aniqlanishicha, Mixael Shumaxer yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limiga joylangan. 50 yoshli poygachi 2013-yildan beri boshidan olgan jarohatlari tufayli og‘ir holatda yotibdi. Poygachi o‘nta qo‘riqchi hamkorligida shifoxonaga yashirincha yotqizilgan. Zambil esa maxsus g‘ilof bilan berkitilgan.

O‘tgan yil dekabr oyida poygachaning ahvoli yaxshilanganligi haqida xabar berilgandi. Chunki u mustaqil harakatlana olgan va o‘pka ventilyasiyasi apparati ostida yotmagan. Shu yilning boshida u hatto oilasi bilan Malorkada hordiq chiqargan...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring