Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo hokimi Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashayotganlarga 10 million, murabbiyiga 5 million so‘m mukofot va’da qildi

Sirdaryo hokimi Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashayotganlarga 10 million, murabbiyiga 5 million so‘m mukofot va’da qildi

7 oktyabr kuni Sirdaryo viloyat hokimligida o‘tkazilgan boshqaruv apparat yig‘ilishida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev tomonidan sportchilar va murabbiylarga mukofot va’da qilindi.

G‘ofurjon Mirzayev 2020 yil Tokio shahrida o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish litsenziyasini qo‘lga kiritish maqsadida kurash olib borayotgan Sirdaryo viloyati sportchilariga 10 million so‘mdan, ularning murabbiylariga esa 5 million so‘mdan pul mukofotlari berilishini e’lon qildi. Bu haqda mazkur yig‘ilishda ishtirok etgan viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Farxod Boqiyev xabar bermoqda.

«Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun litsenziyani qo‘lga kiritgan viloyatimiz sportchilari va ularning murabbiylari haqida tez orada batafsil ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring