Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sportchilarga pul mukofotlari topshirildi

Sportchilarga pul mukofotlari topshirildi

Turli sport turlarida jahon chempionatida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan bir guruh sportchilar prezident farmoyishiga ko‘ra pul mukofotlari bilan taqdirlangan.

Sportning Olimpiya va paralimpiya turlari, jumladan, joriy yil davomida parapauerlifting (2019-yil 12-20-iyul, Qozog‘iston), eshkak eshish (2019-yil 21-25-avgust, Vengriya), dzyudo (2019-yil 25-31-avgust, Yaponiya), boks (2019-yil 6-22-sentyabr, Rossiya) hamda sport kurashlari (2019-yil 14-22-sentyabr, Qozog‘iston) bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bir guruh sportchilarga pul mukofoti topshirilgan.

Farmoyishga ko‘ra quyidagi sportchilar taqdirlanishgan:

  • Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li – boks bo‘yicha 91 kg va undan og‘ir vaznda 1-o‘rinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSh dollari;
  • Zoirov Shahobiddin Shokirovich – boks bo‘yicha -52 kg vaznda 1-o‘rinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSh dollari;
  • Mirzayeva Shaxnoza Shokir qizi – eshkak eshish bo‘yicha KL3-200 metr dasturida 1-o‘rinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSh dollari;
  • Mirzaxalilov Miraziz Mirzakarim o‘g‘li – boks bo‘yicha -57 kg vaznda 1-o‘rinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSh dollari;
  • Vardanyan Aram Simonovich – yunon-rum kurashi bo‘yicha -72 kg vaznda 2-o‘rinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSh dollari;
  • Kuziyeva Ro‘za Rashidovna – parapauerlifting bo‘yicha -61 kg vaznda 2-o‘rinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSh dollari;
  • Lutfullayev Sharafuddin Rustamovich – dzyudo bo‘yicha -60 kg vaznda 2-o‘rinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSh dollari;
  • Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li – boks bo‘yicha -81 kg vaznda 2-o‘rinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSh dollari;
  • Assakalov Rustam Sixatbiyevich – yunon-rum kurashi bo‘yicha -87 kg vaznda 3-o‘rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSh dollari;
  • Berdimuratov Jalgasbay Karlibay o‘g‘li – yunon-rum kurashi -77 vaznda 3-o‘rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSh dollari;
  • Boturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li – boks bo‘yicha -69 kg vaznda 3-o‘rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSh dollari;
  • Guliyev Artur Marlenovich – eshkak eshish bo‘yicha S2-200 metr dasturida 3-o‘rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSh dollari;
  • Zokirova Nilufar Obidjon qizi – eshkak eshish bo‘yicha S2-200 metr dasturida 3-o‘rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSh dollari;
  • Mamadaliyev Elyor Muhammadjonovich – eshkak eshish bo‘yicha S2-200 metr dasturida 3-o‘rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSh dollari;
  • Rahimov Hasanboy Ahmadjonovich – erkin kurash bo‘yicha 125 kg va undan og‘ir vaznda 3-o‘rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSh dollari;
  • Rahmatova Dilnoza Bakir qizi – eshkak eshish bo‘yicha S2-200 metr dasturida 3-o‘rinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSh dollari.

Bir martalik pul mukofotlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019-yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining Respublika kalendar rejasida belgilangan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring