Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi bilan «Barselona» o‘rtasidagi muzokaralarning to‘xtatilish sababi ma’lum bo‘ldi

Messi bilan «Barselona» o‘rtasidagi muzokaralarning to‘xtatilish sababi ma’lum bo‘ldi

Foto: «News.sportbox.ru»

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi prezident Jozep Bartomeudan noroziligi tufayli klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda «Goal.com» xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi jamoani tark etish niyati yo‘q. Shartnomani uzaytirishdan bosh tortish orqali klub prezidentiga ishonchsizligini namoyish etmoqchi.

3-iyul kuni Messining klubdagi muhitdan charchaganligi oshkor bo‘ldi. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil nihoyasiga yetadi.

4-iyuldagi xabarga ko‘ra, Messi kataloniyaliklar safini tark etadigan bo‘lsa, «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin.

Lionel 2004-yidan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Jamoa bilan birga 10 marta Ispaniya chempioni, 6 marta Ispaniya kubogi sohibi va 4 marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Bundan tashqari, Messi 6 marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring