Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘FA «Surxon» klubining ikki rahbari va uch futbolchisini jazoladi

O‘FA «Surxon» klubining ikki rahbari va uch futbolchisini jazoladi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxon» jamoasi futbolchilari va rahbariyati o‘rtasida maosh to‘lanmagani sababli janjal chiqqani to‘g‘risida video tarqalgandi.

17 sentabr kuni «Surxon» futbol klubi binosida sobiq futbolchilar J.E. va A.X. hamda jamoa sardori A.G. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Bunga futbolchilar bino devoriga rahbariyat nomiga haqoratli yozuvlar qoldirganliklari sabab bo‘lgan. Shu kunning o‘zida Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMBga sportchilardan badan shikastlari yetkazilgani to‘g‘risida ariza kelib tushgan.

Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar O‘FA tomonidan «Surxon» futbol klubi bosh direktori Azamat Abdurahmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xodjayev futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring