Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Stol tennisi: «Ucell» g‘oliblari aniqlandi

Stol tennisi: «Ucell» g‘oliblari aniqlandi

Foto: «Ucell»

«Ucell» kompaniyasi 21—23-oktyabr kunlari o‘z xodimlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazdi. Musobaqada o‘z kuchini ko‘rsatish uchun 40 nafarga yaqin havaskor qatnashdi.

Bahslar Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Toshkent shahri filialining sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning birinchi kuni jami oltita guruh o‘rtasida saralash o‘yinlari o‘tkazildi. Har bir guruh g‘oliblari final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Foto: «Ucell»

Final o‘yinlari, ayniqsa, qiziqarli va keskin tarzda o‘tdi. 35 yoshgacha ayollar o‘rtasida texnologiyalar departamenti muhandisi Kamilla Shamsutdinova, 35 yoshgacha erkaklar o‘rtasida moddiy boyliklarni xarid kilish departamenti eksperti Nodirxon Alautdinov hamda 35 yoshdan katta erkak xodimlar o‘rtasida texnologiyalar departamenti guruh rahbari Vyacheslav Soy musobaqaning mutlaq g‘oliblari bo‘ldilar.

Foto: «Ucell»

Kamilla Shamsutdinova va Nodirxon Alautdinovlar 2019-yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi aloqa korxonalari xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan shahar birinchiligida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Musobaqalar yakunida barcha ishtirokchilar maxsus diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring